“Real” o‘zining 17 nafar muxlisidan yillik abonementlarni olib qo‘yishni mo‘ljallamoqda, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Ushbu muxlislar “Selta”ga qarshi o‘yinda (3:0) Lionel Messi va “Barselona” sha’niga nomaqbul so‘zlar orqali hayqirgani uchun shunday tarzda jazolanadi.
Klub tartib-intizom qo‘mitasi videoyozuvni o‘rganib chiqib, “Santyago Bernabeu”ning janubiy tribunasida o‘tirgan muxlislar orasidan aybdorlarni aniqladi.
Aybdor muxlislar uchun stadion yo‘llari berkitiladi.
Izoh (0)