O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti” jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazdi (0:0). Yangi Zelandiya jamoasi sardori Ivan Vitselich o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
“O‘zbekistonga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazish niyatida ekanimizni kecha ham aytib o‘tgandik. Darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik, gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldik, shu bois natijani ijobiy baholasak bo‘ladi.
O‘yinga moslashib olishimiz uchun bizga 5−6 daqiqa kerak bo‘ldi. Shundan so‘ng yaxshi o‘yin ko‘rsata boshladik, yaxshi himoyalandik. Umid qilamanki, keyingi o‘yinda ham shunday o‘ynaymiz.
Gol urish uchun 2 ta yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik. Shubhasiz, eng yaxshi imkoniyat De Vrizda bo‘ldi. U o‘yinni yaxshi o‘tkazdi. U zarba bergan vaziyatda o‘nta zarbadan to‘qqiztasi golga aylangan bo‘lardi. Lekin O‘zbekiston bilan durang — yaxshi natija”, − dedi Vitselich.
Izoh (0)