Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Unga ko‘ra Shuhrat Maqsudov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasu “E” guruhida Suriya, Hindiston va Bangladesh termalariga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.
Saralash o‘yinlari kelasi yilning mart oyida o‘tkaziladi. Chempionatning o‘zi esa 2016-yil Qatar davlatida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, ushbu Osiyo chempionati 2016-yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga saralash vazifasini ham o‘tab beradi.
Izoh (0)