Turkmaniston−Eron chegarasida Qozog‘iston−Turkmaniston−Eron temir yo‘lining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Trend.az”.
Qozog‘iston−Turkmaniston−Eron temir yo‘li 2007-yilda imzolangan “Shimol−Janub” xalqaro transport koridori loyihasining bir qismi hisoblanadi. Osiyo taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot banki ko‘magida qurilgan temir yo‘ldan dastlab yiliga 3−5 million tonna, keyin esa 10−12 million tonna yuk o‘tkazish rejalashtirilmoqda.