O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etishning onlayn-elektron tizimi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Adliya vazirining o‘rinbosari A. Usmonov va boshqalar tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlarga qulay shart-sharoit yaratish va imtiyozlar berish ko‘lami kengaygani soha rivojiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning zudlik bilan oldini olish choralarini ko‘rish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etishning onlayn-elektron tizimi joriy etilmoqda.
Davra suhbatida yangi tizimni to‘liq joriy etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Izoh (0)