Bugun, 4-dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlari ayollar o‘rtasidagi futbol musobaqasi saralash bahslariga qur’a tashlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati.
Osiyo qit’asi saralash bahslari 1-bosqichida O‘zbekiston U-23 ayollar terma jamoasi Iordaniya, Gonkong va Falastin terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Taqvimga ko‘ra, saralash bahslari kelasi yilning 11−15-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Saralash bahslari mezboni esa OFK tomonidan keyinroq tasdiqlanadi.
Izoh (0)