Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidagi shifoxonalardan birida asabi buzilgan bemor neyroxirurgga bolg‘a bilan tan jarohati yetkazdi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Qayd etilishicha, Jeleznogorsk shahridagi 51-shifoxonada ishlovchi neyroxirurg 29 yoshli bemorga Krasnoyarskda qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tish lozimligini aytgach, bemor dastlab unga tahdid qilgan. Bir necha kun o‘tgach, shifoxona binosida ishlayotgan quruvchilarning bolg‘asini olib, shifokorning yuziga urgan.Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Shifoxona qo‘riqchilari tomonidan qo‘lga olingan bemorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Shifokor bosh suyagidan jarohat olgani va yuzida zarba asoratlari qolgani ma’lum qilingan. Hozirda uning ahvoli barqaror deb baholangan.
Izoh (0)