KXDR poytaxti Pxenyan shahrida yangi xalqaro futbol maktabi ishga tushirildi. Shimoliy koreyalik OFK Ijroqo‘mi a’zosi Xan Un Gyong maktabning ochilish marosimiga argentinalik futbol yulduzi Lionel Messini taklif qilish niyatida ekanini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda u Filippin poytaxt Manilada bo‘lib o‘tgan OFK yig‘ilishi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
“Men Messini taklif qilmoqchiman, boisi bizning bolalar uni juda yaxshi ko‘rishadi. Men Pxenyandagi xalqaro futbol maktabiga borganimda bolalardan eng yaxshi futbolchi kim ekanini so‘rayman. Ular esa: ‘Biz Messini sevamiz’, deya javob berishadi. Hattoki qizlar ham.
Ular Messi haqida kitob o‘qishadi, uning o‘yinlarini Internet orqali tomosha qilishadi. Bolalar futbolni yaxshi ko‘rishadi va barcha futbolchilarni yaxshi tanishadi. Messining yurtimizga kelishi katta shov-shuvga sabab bo‘lardi. Messi yaxshi inson, u bolalarni yaxshi ko‘radi”, − dedi Xan Un Gyong.
Izoh (0)