O‘zbekiston milliy terma jamoasi delegatsiyasi BAAda ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini tashkil etish maqsadida Dubay shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Mirjalol Qosimov ushbu yig‘inga 23 nafar futbolchini taklif qilgan. Aynan shu futbolchilar bilan 24−30-noyabr kunlari oralig‘ida Toshkentda qisqa muddatli yig‘in o‘tkazildi.
Rejaga ko‘ra, yig‘in doirasida 10-dekabr kuni Quvayt, 13-dekabr sanasida esa Falastin terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi. Ikkinchi yig‘in 17−28-dekabr kunlari aynan Dubayda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi−2015 final bosqichi “B” guruhida Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDR terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Dubay shahriga yo‘l olayotgan terma jamoa tarkibi
Darvozabonlar:
1. Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
2. Eldor Suyunov (“Nasaf”)
3. Akbar To‘rayev (“Bunyodkor”)
Himoyachilar:
4. Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”)
5. Yegor Krimets (“Paxtakor”)
6. Bobur Yo‘ldoshev “Lokomotiv”
7. Shavkat Mullajonov (“Lokomotiv”)
8. Akmal Shorahmedov (“Bunyodkor”)
9. Aleksandr Merzlyakov (“Paxtakor”)
Yarim himoyachilar:
10. Javlon Ibrohimov (“Bunyodkor”)
11. Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
12. Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)
13. Sardor Rashidov (“Bunyodkor”)
14. Farrux Sayfiyev (“Nasaf”)
15. Lutfulla To‘rayev (“Lokomotiv”)
16. Shuhrat Muhammadiyev (“Nasaf”)
17. Shavkat Salomov (“Shaxtyor”, Qarag‘anda)
18. Jasur Hasanov (“Lokomotiv”)
19. Aziz Ibragimov (“Andijon”)
Hujumchilar:
20. Igor Sergeyev (“Paxtakor”)
21. Navro‘z Alimov (“Qizilqum”)
22. Vohid Shodiyev (“Bunyodkor”)
23. Kamoliddin Murzoyev (“Shaxtyor, Qarag‘anda)
Bosh murabbiyi – Mirjalol Qosimov
Murabbiylar – Shuhrat Maqsudov, Aleksandr Volkov, Baxtiyor Ashurmatov
Darvozabonlar murabbiyi – Petr Gizimchuk
Shifokor – Abror Pirriyev
Ma’mur – Sarvar Tojiyev.
Izoh (0)