Samsung kompaniyasi yaqindagina Galaxy A5 va A3 smartfonlarini taqdim etgan edi. Taxminlarga ko‘ra tez orada yangi Galaxy A7 smartfoni ham taqdim etiladi. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Ushbu smartfonda 5,2 dyuym 1080×1920 pikselli displey, 12 megapikselli asosiy kamera, 64 bitli Snapdragon 615 protsessori, 2 Gb tezkor va 16 ichki xotira o‘rnatiladi.
Samsung Galaxy A7 smartfonining o‘lchamlari 150×75 millimetr bo‘lishi xabar qilingan. Shu bilan birga u ham Galaxy A5 va A3 smartfonlari kabi to‘liq metall korpusli bo‘lishini taxmin qilish mumkin.
Izoh (0)