Xitoyda 4,7 dyuymli Apple iPhone 6 smartfonining Android operatsion tizimida ishlaydigan nusxasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Ushbu smartfon Dakele 3 deb nomlangan va tashqi ko‘rinishidan iPhone 6 smartfoni bilan bir xil, faqatgina u Android’da ishlaydi. Dakele 3 smartfonida 64 bit, sakkiz yadroli MediaTek MT6572 protsessori, 3 Gb tezkor xotira, 13 megapikselli asosiy kamera o‘rnatilgan.
U Dakele kompaniyasining Android KitKat versiyasiga o‘xshash, maxsus interfeysida ishlaydi. Dakele 3 smartfoni dekabrdan boshlab sotila boshlanadi. Uning barcha suratlarini “Parol” nashridagi ushbu fotojamlanmada tomosha qilsangiz bo‘ladi.
Izoh (0)