Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida noma’lum erkak tobut tashuvchi mashinani ichidagi marhum jasadi bilan birga o‘g‘irlab ketdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Marhumning akasi ma’lum qilishicha, yaqinlar marosimni muhokama qilib turgan, dafn byurosi xodimlari esa tobutni mashinadan olishga hozirlanayotgan bir paytda noma’lum erkak yugurib kelib, avtomobilni haydab qochagn.
Marhumning akasi politsiyaga xabar berib, o‘zi mashinaning izidan tushgan. Olib qochilgan avtomobil boshi berk ko‘chaga kirib qolgach, marhumning akasi politsiya yetib kelguncha o‘g‘rini qo‘lga olgan. Ma’lum bo‘lishicha, nogironlar uyidan qochgan erkak aqliy qoloqlikdan aziyat chekkan.
Izoh (0)