Apple kompaniyasi iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlarining yangi reklama roliklarini taqdim etdi. Bu haqda Phonearena.com xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Reklama roliklarda taniqli teleboshlovchi Jimmi Fallon va xonanda Jastin Timberleyk ishtirok etgan. Videolarda ularning o‘zi ko‘rinmasa-da, ovozlari va hazillarini tinglash mumkin.
Birinchi videorolikda iPhone 6 smartfonlarining katta displeyi, ulardagi yuqori xususiyatlarga ega protsessor va tezkor xotira imkoniyatlari sabab yanada yaxshiroq o‘yinlar o‘ynash mumkinligi tasvirlanadi.
Ikkinchi videorolik esa iOS operatsion tizimida ishlayotgan Apple qurilmalari — Mac kompyuteri, iPad plansheti va iPhone smartfoni o‘rtasidagi Continuity — qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish funksiyasi ko‘rsatiladi.
Izoh (0)