Yevropa chempionlar ligasida guruh bosqichining 5-tur bahslariga yakun yasaldi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Bo‘lib o‘tgan sakkiz uchrashuvning bittasida yirik hisob qayd etildi — “Olimpiakos”ni qabul qilgan “Atletiko” Garsiyaning hisobni ochishi hamda Manjukichning xet-triki yordamida 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shveysariyaga safar qilgan “Real” Krishtianu Ronalduning yagona goli evaziga uch ochkoga ega bo‘ldi. Ushbu guruhning ikkinchi bahsida “Liverpul” “Ludogorets” maydonida g‘alabani boy berib, durang natija ko‘rsatgan holda so‘nggi turdagi “Bazel”ga qarshi uchrashuvning ahamiyati g‘oyatda yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Turning markaziy o‘yinlaridan biriga London mezbonlik qildi: Dortmundning “Borussiya” jamoasi “Arsenal”ga imkoniyatni boy bergan holda guruh bosqichida ilk bor ochko yo‘qotdi. Birinchi turda “Anderlext” bilan durang qayd etib, bir ochko ishlagan “Galatasaroy” bu safar ushbu raqibga imkoniyatni boy berdi, natijada turk klubi hisobida hamon bir ochko mavjud bo‘lib turibdi.
Yevropa chempionlar ligasi, 5-tur
“A” guruhi
- “Atletiko” (Ispaniya) — “Olimpiakos” (Gretsiya): 4:0 (2:0, 2:0)
- “Malme” (Shvetsiya) — “Yuventus” (Italiya): 0:2 (0:0, 0:2)
- “Bazel” (Shveysariya) — “Real Madrid” (Ispaniya): 0:1 (0:1, 0:0)
- “Ludogorets” (Bolgariya) – “Liverpul” (Angliya): 2:2 (1:2, 1:0)
- “Zenit” (Rossiya) — “Benfika” (Portugaliya): 1:0 (0:0, 1:0)
- “Bayer” (Germaniya) — “Monako” (Monako): 0:1 (0:0, 0:1)
- “Arsenal” (Angliya) — “Borussiya D” (Germaniya): 2:0 (1:0, 1:0)
- “Anderlext” (Belgiya) — “Galatasaray” (Turkiya): 2:0 (1:0, 1:0)
Izoh (0)