2014-yil 20-noyabrdan boshlab Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ovozli, matnli va videomuloqot imkonini beruvchi Skype dasturining reklamasi paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “iLike.uz”.
O‘zbek tilidagi e’lon matnida qator xatolar mavjudligi qayd etilgan. Jumladan, dasturni yuklab olishga ishora qiluvchi birikma “Skype olish” tarzida berilgan. Shuningdek, bir jumladagi so‘zlar tushunarsiz ravishda qisqartirilgan: “Skype-da bar.qo‘n.qiling, ko‘ring va xab.yub. – uyda, ish yoki yo‘lda”.
Facebook’dagi reklama ostiga izoh qoldirgan o‘zbekistonlik foydalanuvchilar matn Google’ning tarjima xizmati yordamida tuzilganini taxmin qilgan.
Izoh (0)