Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

149 kun oldin voleybol zaliga o‘yinni tomosha qilish uchun kirishga uringanida hibsga olingan eronlik qiz kecha 24 000 funt sterling (qariyb 37 658 dollar) garov evaziga ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Daily Mail ma’lumotiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.

Gunche Gavami. Foto: AP

Gunche Gavami. Foto: AP

London Universiteti talabasi bo‘lgan 25 yoshli Gunche Gavami mazkur yilning iyun oyida Tehronda o‘tkazilgan Eron — Italiya xalqaro uchrashuvini kuzatmoqchi bo‘lgan. Biroq o‘shanda ayollarga erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan matchni tomosha qilishga ruxsat berilmagan edi. Stadion ostonasida qolib ketgan bir guruh ayollar bu borada o‘z noroziligini bildirgandi.

Ushbu norozilikni “hukumatga qarshi norozilik namoyishi” deb hisoblagan Eron politsiyasi ayollarni bir yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Hech qanday aybi bo‘lmay turib, bunday jazoga tortilganidan norozi bo‘lgan Gunche Gavami qamoqda ikki bor ochlik e’lon qildi. O‘tgan vaqt davomida esa dunyoning turli burchaklaridan ayollarning oqlanishini so‘rab yozilgan yuz minglab (720 ming) maktub jo‘natildi.

Endi erkinlikka chiqqan Gavamiga ikki yil Eron hududidan chiqish taqiqlab qo‘yildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi