Oktabr oyining oxirida Samsung kompaniyasi yoshlar uchun mo‘ljallangan to‘liq metall korpusli Galaxy A5 va A3 smartfonlarini taqdim etgan edi. Rossiyada 5-dekabr kuni ushbu smartfonlarning taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mail.Ru sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Galaxy A5 va A3 smartfonlarining taqdimoti bo‘lib o‘tgach, ular Yangi yil bayrami oldidan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Bu paytda esa ularning sotuvi ham yaxshi bo‘lishi mumkin. Avvalroq ushbu smartfonlar 530 va 375 dollardan sotilishi xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Galaxy A5 smartfonida 5 dyuym 720×1280 pikselli Super AMOLED displey, 1,2 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+MicroSD), 13 megapikselli orqa kamera, 2300 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan.
Galaxy A3 smartfonida esa 4,5 dyuym 540×960 pikselli Super AMOLED displey, A5 bilan bir xil protsessor, 1 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+MicroSD), 1900 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan. Galaxy A5 va A3 smartfonlari Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi.
Galaxy A5 va A3 smartfonlarining suratlarini “Parol” nashrining ushbu fotojamlanmasida tomosha qilsangiz bo‘ladi.
Izoh (0)