Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh senati ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Pamela Spratlen nomzodini tasdiqladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” AQSh OAVlariga tayanib.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Uning nomzodi avvalroq prezident Barak Obama tomonidan senatga taqdim etilgan edi. Spratlen 2011-yildan AQShning Qirg‘izistondagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Nashrning eslatishicha, Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasiga 2011-yil iyunidan boshlab rahbarlik qilgan Jorj Kroll esa AQShning Qozog‘istondagi diplomatik missiyasini boshqarishi xabar berilgan edi.

Pamela Spratlen (60 yoshda) AQShning Ogayo shtati Kolambus shahrida tug‘ilgan. Kaliforniyadagi Uellsli kolleji va Berkli universitetini tugatgan. To‘qqiz yil davomida vakillar palatasining Kaliforniya shtatidagi byudjet qo‘mitasida maslahatchi bo‘lib ishlagan, so‘ng AQSh davlat departamentida iqtisodchi lavozimida faoliyat yuritgan. Spratlen, shuningdek AQShning Vladivostokdagi bosh konsuli sifatida faoliyat olib borgan, AQShning Ostonadagi elchixonasida ishlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)