Dekabr oyida taqdim etilishi va dunyoning eng ingichka smartfoni bo‘lishi kutilayotgan Vivo X5 Max’da odatiy 3,5 mm qalinlikdagi quloqchin o‘rni mavjud bo‘ladi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Hozirda dunyoning eng ingichka smartfoni bo‘lib turgan Oppo R5 smartfonida 3,5 mm qalinlikdagi standart quloqchin o‘rni mavjud emas. Shu bilan birga uning qalinligi 4,85 millimetrni tashkil etadi. Yangi Vivo X5 Max smartfoni esa 4,75 mm qalinlikda bo‘lishi kutilmoqda.
Vivo kompaniyasi xodimlari anchagina ingichka smartfonda odatiy quloqchin uchun joy topibgina qolmay, uni yaxshi texnik xususiyatlar bilan ishlab chiqarishmoqda. X5 Max smartfonida 5,5 dyuym 1080×1920 pikselli displey, 5 megapikselli old va 13 megapikselli orqa kamera, 2 Gb tezkor xotira, sakkiz yadroli protsessor o‘rnatiladi.
U Android KitKat operatsion tizimida ishlaydigan qilib chiqariladi va uni yangi Lollipop versiyasiga ham o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)