Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg o‘z sahifasida oilaviy suratlaridan tashkil topgan videoni e’lon qilish orqali turmush o‘rtog‘i Prissilla Channi tanishganliklarining 11 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda “Kun” xabar bermoqda.
“Bundan roppa-rosa 11 yil avval xuddi shu kuni men ajoyib qizni uchratgan edim”, — deb yozadi Sukerberg. U oyoqda mustahkam turishi va hayotdan hayratlanib yashashiga yordam berayotgani uchun o‘z turmush o‘rtog‘iga minnatdorchilik bildirdi.
O‘z postiga qoldirgan izohda Facebook asoschisi ijtimoiy tarmoqning boshqa foydalanuvchilari ham maxsus sahifada o‘z do‘stlari uchun video tayyorlashlari mumkinligini eslatib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Sukerberg 2010-yil oila qurgan. Uning xotini Chan pediatr bo‘lib ishlaydi, ular 2004-yil Garvard universitetida o‘qib yurgan vaqtlaridayoq tanishgan. Ularning to‘yi Facebook aksiyalari bilan savdolar boshlanganidan bir kun o‘tib bo‘lib o‘tgandi.
Izoh (0)