Yulduz Usmonova bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda uning bitish arafasida bo‘lgan yangi albomi haqida suhbat qurildi, deb xabar bermoqda “Sayyod”.
Nashrda qayd etilishicha, yangi albomdan turfa his va mavzular kuylangan, grekcha yo‘nalishdagi raqsga chorlaydigan qo‘shiqlar o‘rin olgan.
Yulduz Usmonova “Sevaman deb shivirlasang bas” deya kuylanadigan qo‘shiq haqida fikr bildirar ekan, u xonandaga eski Toshkentni yodga solayotganini aytib o‘tdi: “Bu qo‘shiqdan eski Toshkent ko‘z oldimdan o‘tyapti... Bu eski Toshkentni sog‘indim degani emas, o‘sha davrlar ruhiyatini his qilib, yoqimli sog‘inch... tomog‘imga nimadir tiqildi va ko‘zimga yosh kelyapti. Odam tebranib tinglaydigan qo‘shiqlarni sog‘indi... Bunday yo‘nalishlar yo‘q bo‘lib ketyapti. Yangi albomimdan shunday qo‘shiq ham joy olgan”.
Yulduz Usmonova suhbat davomida albom yozilishi bilan bog‘liq studiyadan studiyaga ko‘chish mashaqqatlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, xonanda soch olishni bilmaydigan sartaroshxonalar ko‘payayotgani singari studiyalar soni ham ortib borayotganini ta’kidladi.
Yulduz Usmonova bilan bo‘lib o‘tgan suhbatning videolavhasi ertaga, 14-noyabr kuni “Sayyod” tomonidan taqdim etiladi.
Izoh (0)