Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi −1 binosi 69-qavati devorining tashqi tarafiga qisilib qolgan ikki nafar oyna yuvuvchi qutqarib olindi, deb xabar bermoqda Euronews.
Ko‘tarish moslamasi arqonlaridan biri uzilib, deyarli 80 gradusli burchakka qayrilib qolgan. Ishchilar moslamaning ichida bir soat davomida saqlanishga muvaffaq bo‘lgan − qutqaruvchilar 69-qavatga chiqib, qalin oynani kesib, ularni bino ichkarisiga olguncha aynan shuncha vaqt ketgan.2001-yil 11-sentabrda portlatilgan egizak binolar o‘rniga qurilgan Jahon savdo markazi − 1 binosi 541 metr balandlikka ega bo‘lib, bu borada G‘arbiy yarimsharda birinchi, dunyoda esa uchinchi o‘rinda turadi.
Izoh (0)