“Ilhom” teatri foyesidagi IlkhomCinemaClub kinoklubi noyabr oyi dasturi doirasida yaponiyalik taniqli multplikator Hayao Miyazaki asarlarini namoyish etadi. Bu haqda Afisha.uz’ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
24−29-noyabr kunlari davomida “Ilhom” kinoklubida Hayao Miyazakining 1984−2008-yillar oralig‘ida suratgan olingan eng yaxshi olti filmi namoyish etiladi. Ular orasida “Mening qo‘shnim Totoro”, “Malika Mononoke” va “Sharpalar olib ketgan” kabilar bor.
Tomoshalar belgilangan kunlarda soat 19:00da boshlanadi. Tomoshalarga kirish bepul, kim xohlasa o‘zi istaganicha pul to‘lashi mumkin.
Tomoshalar jadvali
24 noyabr — “Shamollar vodiysidan kelgan Navsikaya” / Kaze no tani no Naushika (1984, Hayao Miyazaki)25 noyabr — “Mening qo‘shnim Totoro” / Tonari no Totoro (1988, Hayao Miyazaki)26 noyabr — “Porko Rosso” / Kurenai no buta (1992, Hayao Miyazaki)27 noyabr — “Malika Mononoke” / Mononoke-hime (1997, Hayao Miyazaki)28 noyabr — “Sharpalar olib ketgan” / Sen to Chihiro no kamikakushi (2001, Hayao Miyazaki)29 noyabr — “Qoyadagi baliqcha Pono” / Gake no ue no Ponyo (2008, Hayao Miyazaki)
Izoh (0)