O‘tgan hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha jami 208 ta yong‘in ro‘yxatga olingan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 2 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish tan jarohatlari olishgan va 3 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 1 milliard 72 million 936 ming 960 so‘m miqdorida qurilish materiallari va 829 million 479 ming 414 so‘m miqdorida moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi uylardan birida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 1 kvadrat metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining 1 yoshli qizi kuyish tan jarohati olgan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Andijon viloyati Marhamat tumanida joylashgan uylardan birida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 70 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yongan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining kelini va 5 yoshli nabirasi yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan qutqarilgan hamda uy egasining o‘g‘li va ikki nafar nabirasining kuygan holdagi jasadlari topilgan.
Izoh (0)