Toshkent shahrining Beruniy mavzesidagi “Antikafe”da O‘zbekiston xalq artisti Maryam Yoqubovaning 105 yilligiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Afisha.uz’ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Xabar berilishicha, kecha mehmonlarida Maryam Yoqubovaning ajoyib dunyosi bilan tanishish, uni yodga olish va u bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aktrisa haqida uning qizi Tamara Yoqubova so‘zlab beradi.
“Antikafe”dagi ushbu tadbir 13-noyabr kuni soat 18:00da boshlanadi. Kirish – 12 ming so‘m.
O‘zbekiston xalq artisti Maryam Yoqubova teatr va kinoda 80dan ortiq yorqin obrazlarni yaratgan bo‘lib, u “O‘tkan kunlar”dagi O‘zbekoyim, “Mahallada duv-duv gap” filmidagi Oyposhsha va boshqa rollari bilan tanilgan.
Aktrisa 1987-yil 8-fevral kuni vafot etgan. 2014-yil 19-oktabr kuni u 105 yoshga to‘lgan bo‘lardi.
Izoh (0)