Yaponiya hukumati O‘zbekistonning energetika sohasidagi loyihalari uchun 86,839 milliard iena (760 million dollar)lik kredit ajratdi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.
Tegishli hujjatlar 10-noyabr kuni Toshkentda Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Kentaro Sonoura hamda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev o‘rtasida imzolandi.Mablag‘ “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilishi loyihasi”, “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi qurilishi loyihasi” hamda “Energetika sohasi imkoniyatlarini kuchaytirish uchun kredit” dasturlari uchun ajratilgan.
Izoh (0)