Toshkent shahar Qoraqamish mavzesidagi sobiq “Farg‘ona” kafesi o‘rnida shunday nomdagi ikki qavatli savdo-dam olish markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Afisha.uz’ga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Farg‘ona savdo-dam olish markazi besh oy muddatda foydalanishga topshirilgan.
Hozirgi vaqtda bu yerda Makro supermarketi, bijuteriyalar, jomadonlar, qalpoq va kurtkalar, shuningdek, mobil telefonlar uchun aksessuarlar sotib olish mumkin bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan bir qator do‘konlar, bolalar uchun katta o‘yin maydoni va kafeteriy joylashgan.
“Savdo markazining eng asosiy o‘ziga xosligi — asos atrofida aylanuvchi va bolalarni uchinchi qavatga qadar ko‘tarib chiqaruvchi attraksiondir”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)