Lukoil Overseas’ning sho‘ba korxonasi Lukoil Uzbekistan Operating Company MChJning gaz konlarida qazib chiqarilgan gaz 25 milliard kubometrdan oshdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Lukoil tomonidan O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3,5 milliard dollardan oshgan. Kompaniya tomonidan rejalashtirilgan loyihalarning umumiy qiymati esa 8 milliard dollarni tashkil etadi, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Lukoil O‘zbekistondagi eng yirik xorijiy investor hisoblanadi.Bugungi kunda 3 mingdan ortiq kishini ish bilan ta’minlagan Lukoil Buxoro viloyatidagi Xauzak-Shodi va Qandim konlarida, Qashqadaryo viloyatidagi Hisor konlar guruhida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qo‘ng‘irot va Orol konlarida ish olib bormoqda.
Izoh (0)