Sud organlari Catalea Group kompaniyasi rahbarini tovlamachilik va poraxo‘rlikda ayblab, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etdi va undan “Endi dadam bo‘ydoq” filmi rejissyori Alisher Uzoqov foydasiga 44 million so‘m undirilishiga hukm qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasiga tayanib 12news.uz xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik taniqli aktyor, qo‘shiqchi va rejissyor Alisher Uzoqov ushbu kompaniya bilan yuqoridagi filmdan tushgan foydani teng ikkiga bo‘lishishga kelishgan.
Catalea Group rahbari esa foydaning faqat bir qismini to‘lagan. Shuningdek, filmni Rossiyada namoyish qilish huquqini 4 ming dollarga sotayotganda jinoyat ustida qo‘lgan olingan.
Izoh (0)