Hindistonning Surat shahrida Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti havoga ko‘tarilishi vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘tlab yurgan sigir bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Samolyot sohibi bo‘lgan SpiceJet kompaniyasi reysni bekor qilishiga to‘g‘ri kelgan. Hodisa oqibatida Boeing 737’ga sezilarli zarar yetgani aytilgan. Sigir esa olingan jarohat tufayli nobud bo‘lgan. Yo‘lovchilarga Dehligacha yetib olish imkoni yaratib berilgan.
Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, sigir aeroport devoridagi teshikdan o‘tib, uchish-qo‘nish yo‘lagiga to‘satdan kelib qolgan bo‘lishi mumkin. Uchuvchi qorong‘ilik tufayli sigirni ko‘rmagan.
Izoh (0)