Hindiston harbiy dengiz kuchlarining torpedo tutuvchi kemasi mamlakatning janubi-sharqiy sohili yaqinida, Bengaliya qo‘ltig‘ida cho‘kib ketishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, 4 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Voqea Andxra-Pradesh shtatida joylashgan Hindistonning eng yirik dengiz portlaridan bo‘lgan Vishakxapatnam shahri qirg‘oqlari yaqinida sodir bo‘lgan. Hodisa vaqtida kema bortida 28 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Qutqaruv operatsiyasi davomida 23 kishi qutqarib olingan, 4 kishining taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda. Qutqaruv ishlariga 4 ta vertolyot, samolyot va kemalar jalb etilgan. Boshqa kemalar mashg‘ulotlarida ishlatilgan torpedolarni tutish bilan shug‘ullangan kema 370 metrgacha chuqurlikka cho‘kkani aytilgan.
Izoh (0)