Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi axborot-tahlil markazi vakili Andrey Lisenko Rossiya o‘z qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga olib kelganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Segodnya.ua.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina chegaralariga yaqin hududdagi Kamensk-Shaxtinsk shahriga temir yo‘l orqali Rostov-na-Donu tarafdan 50 ta T-64 tanklari va 10 ta shtab mashinalari olib kelingan.
Shuningdek, Lisenko Lugansk viloyatidagi Mladogvardeysk shahridan texnika esheloni olib o‘tilganini ham ma’lum qilgan.
Izoh (0)