Xalqaro valyuta fondining navbatdagi hisobotida Markaziy Osiyo davlatlari ichida Rossiyaga iqtisodiy jihatdan eng kam bog‘langani O‘zbekiston ekanligi ma’lum qilingan, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
O‘zbekiston eksporti Rossiya bozoriga 3 foizdan kam, import 3−10 foiz, pul o‘tkazmalari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bo‘yicha 3 foizdan kamroq bog‘liqligi aytilgan. Shuningdek, O‘zbekiston joriy operatsiyalarning ijobiy saldosini saqlab qolgan Markaziy Osiyodagi yagona davlat bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 2000-2010-yillarda YaIMning 5,1 foizini tashkil qilgan, 2014−2015-yillarda esa 0,1-0,5 foiz bo‘lishi prognoz qilingan.
Qirg‘iziston va Tojikiston importining 10 foizi, Turkmaniston eksportining 10 foizi, Qozog‘iston eksporti va importining 3−10 foizi Rossiya bozoriga bog‘liqligi ham ma’lum qilingan.
Izoh (0)