Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 18-20 yoshlardagi uch yigit taksi haydovchisini pichoqlab, keyin o‘zlari qochib ketdi, deb xabar bermoqda Anhor.uz.
Bugun, 6-noyabr kuni uch yigit “Perekryostok” taksi xizmati mashinasini to‘xtatib, Chirchiq shahrigacha eltib qo‘yishni so‘ragan. Aytilgan manzilga yetib borgach orqada o‘tirgan yigitlardan biri haydovchining bo‘yniga pichoq tortib yuborgan. Biroq haydovchi mashinadan tushishga va yerdan tosh olib, mashinaning old oynasiga otishga muvaffaq bo‘lgan.
Kuchli zarb bilan otilgan tosh oynani sindirib, old o‘rinda o‘tirgan yigitga borib tekkan. Bunchalik qattiq qarshilikni ko‘rgan jinoyatchilar qochib qolgan. Jarohatni qo‘li bilan yopgan haydovchi shifoxonagacha borishga ulgurgan va hozirda reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Izoh (0)