Germaniyada 1936-yilda ishlab chiqarilgan yaxshi holatdagi Yunkers samolyoti yo‘lovchilarni mamlakat bo‘ylab sayohatga olib chiqadi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Parvozlar har yozda Germaniya bo‘ylab turnelar uyushtiradigan Deutsche Lufthansa Berlin Stiftung kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Sayohat uchun kompaniya saytidan chipta xarid qilish kifoya. Uni chop qilib, Lufthansa’ning boshqa oddiy reyslari kabi xavfsizlik nazoratidan o‘tgach samolyotga o‘tirish mumkin.
Samolyot saloni juda yaxshi tayyorlangan. Har bir o‘rindiqning cho‘ntagida xavfsizlik yo‘riqnomasi mavjud. Parvoz vaqtida har bir yo‘lovchi uchuvchilarning kichik kabinasiga ko‘z yugurtirishi mumkin. Ekipaj ikki uchuvchi, styuardessa va mexanikdan iborat. Samolyot odatda 200 metr balandlikda uchadi, bu esa obidalarga hali yetmasdan ularni osmondan kuzatish imkonini beradi.
Izoh (0)