2014-yilning to‘qqiz oyi mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga iste’molchilardan 3192 ta shikoyat kelib tushgan, deb xabar bermoqda UzDaily.
Shikoyatlarning 2065 tasi yozma ravishda, 1127 tasi esa ishonch telefonlari orqali amalga oshirilgan. Yozma shikoyatlarning 90,3 foizi iste’molchilar foydasiga ijobiy hal qilingan. 767,4 million so‘mdan ortiqroq mablag‘ ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirib berilgan.
Ishonch telefoni orqali berilgan shikoyatlarning 55,5 foizi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, 76,8 million so‘m miqdoridagi mablag‘ qayta hisoblab berilgan. 44,5 foiz shikoyatlar bo‘yicha esa qo‘mita vakolatlari doirasida tegishli tushuntirish ishlari olib borilgan.
Izoh (0)