Portugaliya ushbu haftada ikkinchi marta mamlakat sohillari yaqinidagi xalqaro havo hududida Rossiyaning bombardimonchi samolyotlarini tutish uchun o‘z qiruvchi samolyotlarini ishga soldi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Portugaliya mudofaa vaziri Joze Pedro Agilyar-Brankoning so‘zlariga ko‘ra, portugal samolyotlari Rossiyaning ikkita strategik bombardimonchi samolyotlarini havoda tutib, ularni aniqlashtirib, Portugaliya yurisdiksiyasidagi xalqaro havo hududidan chiqarib qo‘ygan.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, bu Tu-95 rusumidagi Rossiyaning srtategik bombardimonchi samolyotlari bo‘lgan. Ular tijorat samolyotlarining Lissabon xalqaro aeroportiga qo‘nish uchun kirish yo‘li trayektoriyasi yaqinida parvoz qilgan.
Izoh (0)