Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda oliy ofitserlarni yuqori mansablarga tayinlash va unvon berish munosabati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qo‘shinlarning zamonaviy texnika bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bugungi kunda strategik yado kuchlaridagi harbiy texnikalar orasidagi yangi qurollarning ulushi deyarli 55 foizni, harbiy havo kuchlarida qariyb 35 foizni va harbiy dengiz kuchlarida deyarli 50 foizni tashkil etadi. Quruqlik qo‘shinlaridagi zirhli va avtomobil texnikalari esa 70 foizgacha yangilangan”, − dedi Putin.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Moskva harbiy doktrinasi mudofaa xususiyatiga egaligi va Rossiya boshqalar tomonidan tinmay majbur qilinayotgan konfrontatsiya harakatlarini amalga oshirmasligini aytib o‘tgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)