2014-yil 30-oktabr kuni davlat islohotlari bo‘yicha britaniyalik ekspert Goran Sumkoski O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘zining uch kunlik kurslarini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Ma’ruzalar kursi akademiyada davlat boshqaruvidagi yangi tahdidlar to‘g‘risidagi yangi o‘quv davsturining kiritilishi doirasida tashkillashtirildi. Ushbu loyiha Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’ruzalar davlat boshqaruvi, elektron boshqaruv va mahalliy boshqaruv mavzularida olib borildi. Kurslarda qatnashgan magistratura talabalari davlat xizmati hamda elektron hukumatning muhimligi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldi.
Izoh (0)