Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Diksi” do‘koni sotuvchilari bir ayolni o‘g‘rilikda gumon qilib, uni muzlatgichga qamab qo‘ydi, deb xabar berdi “TASS“.
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 127-moddasiga binoan “qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etish” aybi bilan uch nafar sotuvchi jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
“Jabrlanuvchi muzlatgichda, minus darajali haroratda o‘zida qolgan telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib chaqirgan politsiya kelguniga qadar deyarli bir soat bo‘lgan”, — dedi shahar prokurorining OAV bilan aloqalar bo‘yicha katta yordamchisi Marina Nikolayeva.
Izoh (0)