Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 31-oktabr kuni Rossiya boshqalar tomonidan tinmay majbur qilinayotgan konfrontatsiya harakatlarini amalga oshirmasligi, aksincha, har qanday masala bo‘yicha teng huquqli dialog tuzishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz global va mintaqa kun tartibida bo‘lgan barcha muammolar bo‘yicha teng huquqli va hurmatga asoslangan dialog tuzish uchun ochiqmiz.
Bizning harbiy doktrinamiz mudofaa xususiyatiga ega. Uni amalga oshirishdagi eng asosiy vazifa mamlakat suverenitetini, fuqarolarimizning tinchlik va osoyishtaligini himoya qilishdir”, — dedi prezident oliy ofitserlarni yuqori mansablarga tayinlash va unvon berish munosabati bilan Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
Shuningdek, Rossiya yetakchisi qurolli kuchlar hamda milliy xavfsizlikka javob beruvchi boshqa sohalarni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan barcha rejalarni ketma-ketlik bilan aniq bajarish lozimligini qayd etdi.
Izoh (0)