Fransiyaning Nant shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat turnir davom etmoqda, deb xabar berdi “Olamsport”.
Ushbu musobaqada O‘zbekistonning birinchi va ikkinchi raketka ustalari Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova avstriyalik Sandra Klementschits hamda belgiyalik Alison Van Uytvank tandemini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Endi O‘zbekiston vakillari chorak finalda Nant turnirining ikkinchi raqamli tennischilar dueti opa-singil Lyudmila va Nadya Kichenokka qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)