Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvilining rafiqasi Maka Chichua “Rustavi-2” telekanaliga o‘g‘il farzand kutayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
“Ikkalamizning ham qizlarimiz bor, endi uchinchi farzandimiz o‘g‘il bo‘lishi oshkor bo‘ldi”,— dedi Chichua.Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili hamda uning turmush o‘rtog‘i — rassom, vizajist va aktrisa Chichua joriy yilning 10-sentabrida o‘z munosabatlariga rasmiy maqom bergan edilar.
Margvelashvili ikkinchi marotaba ota bo‘ladi, uning voyaga yetgan Anna ismli qizi bor. Chichuaning ham Masho ismli qizi bor.
Izoh (0)