Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni mart oyining o‘rtalariga qadar bekor qilish yoki yumshatishni mo‘ljallamayapti. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ayni damda Yevroittifoqqa raislik qilayotgan Italiya bir necha bor Rossiyaga qarshi cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirishga urindi. Biroq uning taklifi rad etildi.
Eslatib o‘tamiz, Yevroittifoq yangi sanksiyalarga uchragan kompaniyalar nomlarini 12-sentabr kuni e’lon qilgan edi. Rossiya va Ukraina uchun qora ro‘yxatga yana 24 ta ism-sharif qo‘shilib, undagi jami shaxslar soni 119 taga yetgandi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning “Rosneft”, “Transneft” va “Gazprom neft” yoqilg‘i-energetika kompaniyalarini moliyalashtirishni taqiqlagan edi.
Izoh (0)