FIFA 2014-yilning eng yaxshi futbolchisiga nomzod bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Terma jamoalar bosh murabbiylari va sardorlari, shuningdek, France Football tomonidan tanlab olingan jurnalistlar aynan mana shu kengaytirilgan ro‘yxatdagilarga ovoz berishlari lozim. Mazkur 23 kishilik ro‘yxat FIFA va France Football ekspertlari tomonidan tuzilgan.
“Oltin to‘p-2014” uchun da’vogar futbolchilar ro‘yxati:
Garet Beyl (Uels), Karim Benzema (Fransiya), Diyego Kosta (Ispaniya), Tibo Kurtua (Belgiya), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Anxel Di Mariya (Argentina), Mario Gyotse (Germaniya), Eden Azar (Belgiya), Zlatan Ibrohimovich (Shvetsiya), Andres Inesta (Ispaniya), Toni Kroos (Germaniya), Filipp Lam (Germaniya), Xaver Maskerano (Argentina), Lionel Messi (Argentina), Tomas Myuller (Germaniya), Manuel Noyer (Germaniya), Neymar (Braziliya ), Pol Pogba (Fransiya), Serxio Ramos (Ispaniya), Aryen Robben (Gollandiya), Jeyms Rodriges (Kolumbiya), Bastian Shvaynshtayger (Germaniya), Yaya Ture (Kot-d’Ivuar).
1-dekabr kuni “Oltin to‘p”ga da’vogar bo‘layotgan 3 nafar futbolchining nomi e’lon qilinsa, sovrin 2015-yil 12-yanvar kuni tantanali marosimda topshiriladi.
Izoh (0)