Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammiti davomida Yevropa Ittifoqi raisi Xerman van Rompey o‘z tvitterida Yevroittifoq Ebola epidemiyasiga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘ini 1 milliard yevrogacha oshirishga qaror qilgani haqida xabar berdi, deb yozadi “Vedomosti”.
Shu kunga qadar Yevropa Ittifoqi hamda unga a’zo davlatlar Ebola bilan kurashish uchun 600 million yevro ajratishga va’da bergan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti G‘arbiy Afrikada 10 000 kishi Ebola bilan kasallangani, deyarli 4900 nafari halok bo‘lganini qayd etgan. Yevropa Komissiyasi raisi Joze Manuel Barrozu “Bu raqamlar epidemiyani tarqalib ketmasligi uchun chora tadbirlarni kuchaytirishimiz kerakligini anglatadi ”, − deya ta’kidladi.
Ayniqsa, Angliya bosh vaziri Devid Kemeron Yevropa Ittifoqining Ebolaga qarshi kurashuvchi fond mablag‘ini ko‘paytirishga ko‘p harakat qildi. London o‘z hissasini 156 milliondan 256 million yevrogacha oshirishini ma’lum qildi. Germaniya federal kansleri Angela Merkel Ebola insoniyat uchun dahshatli sinov ekanligini qayd etdi.
Izoh (0)