Tailandning Pxuket shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollaridan iborat turnirning yakkalik bahslarida yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan O‘zbekiston vakili Sabina Sharipova yarim finalda xitoylik Fang Xunga qarshi kortga chiqdi. Shiddatli kurashlar ostida kechgan bahsda Sabina uchta setda 6-7 (4), 7-6 (3), 4-6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Izoh (0)