22-oktabr kuni o‘zbek qo‘shiqchisi Lolaning qizlik uyiga noma’lum shaxslar kirib, talon-taroj ishlarini amalga oshirgan, deb xabar bermoqda 12news.uz.
Jinoyatchilar uyda yolg‘iz bo‘lgan qo‘shiqchining onasiga tan jarohatlari yetkazgan va uning taqinchoqlarini tortib olgan.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar bo‘limi talonchilik fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan, bu bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)