O‘tgan hafta davomida Gvineya, Liberiya va Syerra-Leoneda Ebola virusini yuqtirib olganlar soni deyarli mingtaga yetdi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
“Biz yetti kun mobaynida uchta mamlakatda Ebola bilan kasallangan, yoki virusni yuqtirib olganlikda shubha qilingan 976 nafar kishini ro‘yxatdan o‘tkazdik”, − dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Global imkoniyatlar, kasalliklarni oldini olish va javob qaytarish bo‘limining rahbari Izabel Nutall.
Bundan avvalroq, virus yuqqanlikda shubha qilingan texaslik Vinson ismli hamshira Ebola bilan kasallanmaganligi aniqlangan edi.
Izoh (0)