Moskvadagi Vnukovo aeroportida yengil motorli samolyot qor tozalovchi mashinaga to‘qnashib ketdi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net.
Moskva huquqni muhofaza qilish organlarining 21-oktabrga o‘tar kechasi ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra to‘rt kishi halok bo‘lgan.
Yengil motorli Falkon 50 samolyoti parvoz uchun ko‘tarilish chog‘ida rotor mashinasiga urilib ketgan. Natijada samolyot yonib ketgan.